
APLning o‘tgan oydagi eng yaxshi murabbiyi aniqlandi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola APLning yanvar oyidagi eng yaxshi murabbiyi deb topildi.
O‘tgan oyda "shaharliklar" 6ta o‘yinning barchasida g‘alaba qozongadi. To‘plar nisbati – 16:1.
Shuningdek, oyning eng yaxshisi bo‘lish uchun Mikel Arteta («Arsenal»), Devid Moyes («Vest Xem») va Grem Potter («Brayton») nomzodlari ham bor edi.
Fikrlar