APLda o‘tgan oyning eng yaxshi murabbiyi nomi ma’lum bo‘ldi
"Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourino noyabr oyining eng yaxshi murabbiyi nomini qo‘lga kiritdi. "Shporlar" to‘rt o‘yinning 3 tasida g‘alaba qozondi va bitta bahsda durang o‘ynadi.
"Bu erda "Oyning eng yaxshi murabbiyi" deb yozilgan, biroq unvonni butun jamoa, murabbiylar, assistentlar, analitiklar va futbolchilar qo‘lga kiritishdi, shuning uchun mening emas, jamoaning yutug‘i", - deydi Mourino.
Unvon uchun Frenk Lempard ("Chelsi", 2 g‘alaba va bir durang), Ule-Gunnar Sulsher ("Manchester Yunayted", 3 g‘alaba va bir durang) va Devid Moyes ("Vest Xem", 3 g‘alaba) da’vogarlik qilishgan edi.



Fikrlar