APLda ofsaydni aniqlash uchun yangi texnologiya ishga tushiriladi

  • 2 aprel, 19:01
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Angliya Premer-ligasida yarim avtomatik ofsayd texnologiyasi nihoyat ishga tushirilmoqda.

APL rasmiy saytining xabariga ko‘ra, tizim 32-turdan, ya’ni 12-apreldan boshlab ishlay boshlaydi.

Avvaliga APL ushbu texnologiyani oldinroq joriy etmoqchi bo‘lgan, biroq sinov jarayoni cho‘zilib ketgani sababli kechiktirilgan. Yarim avtomatik tizim ofsaydni aniqlash jarayonini ancha tezlashtiradi, chunki VAR hakamlariga chiziqlar chizish shart bo‘lmaydi.

Ta’kidlash joizki, bunday tizim Chempionlar Ligasi uchrashuvlarida allaqachon qo‘llanilmoqda.

Hozirda Angliya chempionati jadvalida "Liverpul" peshqadamlik qilmoqda va "Arsenal"dan 12 ochko oldinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!