
APLda eng ko‘p narxi ko‘tarilganlar ro‘yxatida Husanov nechanchi o‘rinda?
Xabaringiz bor, bir necha daqiqa oldin Transfermarkt portali APL futbolchilarining narxini yangiladi. Unga ko‘ra, hamyurtimiz Abduqodir Husanovning yangi narxi 12 million evrodan 35 million evroga oshdi.
Ushbu o‘zgarishdan so‘ng terma jamoamiz a’zosi eng ko‘p narxi balandlagan futbolchilar ichida 4-o‘rinni egalladi ( + 23 million evro). Birinchi o‘rinni esa "Nyukasl Yunayted" va "Arsenal" hujumchilari Aleksandr Isak va Nvaneri qo‘lga kiritdi ( + 25 million evro). Eng ko‘p pastlagan o‘yinchilar ro‘yxatini esa Darvin Nunes, Bernardu Silva va Xoylund boshqarib turibdi ( - 15 million evro).
Mazkur yangilanishdan so‘ng Angliya Premer-ligasining eng ko‘p narxi oshgan va pastlagan futbolchilar ro‘yxati bilan tanishing:
Fikrlar