
APL yulduzi bir umrga futboldan chetlatilishi talab qilinyapti
Angliya futbol uyushmasi (FA) “Vest Xem” futbolchisi Lukas Paketani bir murga futboldan chetlatishi kutilyapti.
Bu haqda The Sun nashri xabar tarqatdi.
Manbaga ko‘ra, 60 nafarga yaqin odam kelishuv asosida braziliyalik futbolchining maydondagi xatti-harakatlariga pul tikkan. Xususan, Paketa ayrim uchrashuvlarda tanishlari pul yutishi uchun atayin sariq kartochka olgan. Umumiy hisobda, unga pul tikkan yaqinlarining umumiy yutuq summasi 100 ming funtni tashkil qilgan.
Angliya futbol uyushmasi o‘z protokolida agar Lukas Paketaning ayblari isbotlanadigan bo‘lsa, mashhur futbolchini bir umrga futboldan chetlatish haqida so‘ragan.
Paketaga hozircha to‘rt holat – “Lester” (12 noyabr, 2022 yil), “Aston Villa” (12 mart, 2023 yil), “Lids” (21 may 2023 yil) va “Bornmut” (12 avgust, 2023 yil) bilan bo‘lgan uchrashuvlardagi holatlar bo‘yicha ayblov e’lon qilinmoqda.
26 yoshli futbolchining o‘zi aybsizligini ta’kidlamoqda. U “Manchester Siti”ga o‘tishni rejalashtirayotgan edi. Endi rejalarini qayta ko‘rib chiqishiga to‘g‘ri keladi.
Fikrlar