APL. Tuxel "Chelsi"dagi ilk mag‘lubiyatini sharmandali tarzda qabul qilib oldi

  • 3 aprel, 2021, 18:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hozirgina Angliya premer-ligasining 30-turidan o‘rin olgan “Chelsi” hamda “Vest Bromvich” klublari o‘rtasidagi bellashuv o‘z nihoyasiga etdi.

Tecno

Londondagi “Stemford Brij” o‘yingohida kechgan uchrashuv gollar shousiga aylanib ketdi. Ammo yakunda 2:5 hisobida “aristokratlar” mag‘lub bo‘ldi. E’tiborlisi, bu Tomas Tuxel boshqaruvidagi “Chelsi”ning ilk mag‘lubiyati bo‘ldi.

Shu kuni “Vest Bromvich” safida gollarni Matey Pereyra (45', 45') ,Kallum Robinson (63', 90') va Mbaye Diane (68') kiritgan bo‘lsa, “Chelsi”ning ikki goliga Kristian Pulishich (27') va Meyson Maunt (71') mualliflik qildi.

Ushbu o‘yindan so‘ng “Chelsi” 51 ochko bilan 4-o‘rinda qoldi, “Vest Bromvich” esa 21 ochko bilan 19-o‘rinda qoldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!