APL. Turning so‘nggi to‘qnashuvida durang natija qayd etildi
Angliya Premer-ligasining 6-turi ham o‘z nihoyasiga etdi. Turning so‘nggi to‘qnashuvida "Everton" o‘z maydonida "Vest Xem" bilan kuch sinashib, 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Dastlab uchrashuvning 18-daqiqasida Maykl Kin hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limning 65-daqiqasida esa Jarrod Bouen oradagi farqni yo‘qqa chiqazgan holda, hisobni tenglashtirdi.
Ma’lumot o‘rnida, mersisaydliklar ushbu bellashuvdan so‘ng ochkolar sonini 8 taga etkazib olib, 9-o‘ringa ko‘tarildi. Londonliklar mazkur turdan keyin 4 ochko jamg‘argan holda, 19-o‘rinda qoldi.
- Angliya - Premier Liga
- Joriy Mavsum
Everton
- Michael Keane 18'
Tugadi
1
:
1
30.09.2025 00:00
Vest Hem Yunayted
- Jarrod Bowen 65'



Fikrlar