
APL. Qaysi jamoalar evrokuboklar yo‘llanmasiga ega chiqdi? Kimlar quyi ligaga ravona bo‘ldi? Yakuniy jadval bilan tanishing
Bundan biroz avval Angliya premer-ligasining 2021/22 yilgi mavsumi o‘z nihoyasiga etdi.
93 ochko jamg‘argan “Manchester Siti” yakunda chempionlikni tantana qildi. “Shaharliklar”dan bor yo‘g‘i 1 ochko ortda qolgan “Liverpul”ga esa 2-o‘rin nasib etdi.
UEFA Chempionlar ligasining qolgan ikki yo‘llanmasiga esa 3- va 4-o‘rinlarni band etgan “Chelsi” va “Tottenxem” ega bo‘ldi.
“Arsenal” va “Manchester Yunayted” esa yangi mavsumda Evropa ligasida qatnashadigan bo‘ldi. “Vest Xem”ga Konferentsiyalar ligasi yo‘llanmasi nasib etdi.
"Byornli", "Uotford" va "Norvich" klublari premer-liga bilan xayrlashdi. Ular yangi mavsumni Chempionshipda boshlaydi.
Quyida APLning 2021/22 yilgi mavsum yakuniy jadvali bilan tanishib olishingiz mumkin:
Fikrlar