APL. "Nyukasl" ketma-ket "zarbalar"dan keyin ham oyoqqa tura oldi

  • 9 aprel, 2022, 01:54
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

APL 32-turidan o‘rin olgan "Nyukasl" - "Vulverxempton" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda mezbonlar 1:0 hisobida raqibdan ustun keldi. 

Kris Vud tomonidan 72-daqiqada kiritilgan gol jamoasiga 3 ochko taqdim etdi. 

Shu tariqa, "qarg‘alar" ochkolari sonini 34 taga etkazib olgan holda, APL turnir jadvalida 14-o‘ringa yuqoriladi. 49 ochkosi bor "bo‘rilar" 8-pog‘onani band etgan. 

Qayd etish lozim, "Nyukasl" ketma-ket 3 o‘yindan buyon mag‘lubiyatga uchrab kelayotgandi. 



Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!