
APL. MYu "Vurverxempton"ga imkoniyatni boy berdi, "Uotford" "Fulxem"ni tor-mor etdi
"Vulverxempton" o‘z maydonida "Manchester Yunayted"ni qabul qildi va 2:1 hisobida raqibdan ustun keldi. Dastavval 13-daqiqada Skott MakTominay o‘zining aniq zarbasi bilan hisobni ochdi. Ammo oradan 10 daqiqa o‘tar-o‘tmasdan Diogo Jota muvozanatni tikladi.
57-daqiqada Eshli Yangga May Din tomonidan ikkinchi sariq kartochka ko‘rsatildi va Yang jamoasini qiyin ahvolga solib qo‘ydi. "Bo‘rilar" esa raqib 10 kishi bo‘lib qolganidan foydalandi va raqib darvozasi ishg‘ol etildi. Aniqrog‘i, jarima maydoni ichida yuzaga kelgan pala-partishlik natijasida Kris Smolling o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi.
Shu tariqa "Vulverxempton" hisobidagi ochkolar soni 47 taga etdi va jamoa turnir jadvalida 7-o‘rinda bormoqda. MYu esa 61 ochko bilan 5-o‘rinda qoldi.
Parallel ravishda kechgan "Uotford" - "Fulxem" qarama-qarshiligida esa mezbonlar 4:1 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Abdulay Dukure, Uill Xyuz, Troy Dini va Kikolar tomonidan kiritilgan gollarga "Fulxem" safida Rayan Babel bir bor javob qaytardi xolos.
Fikrlar