
APL. "Manchester Yunayted" ikki portugalning goli evaziga g‘alaba qozondi
APL 18-turidan o‘rin olgan "Manchester Yunayted" hamda "Brayton" ishtirokidagi qoldirilgan o‘yinda mezbonlar 2:0 hisobida raqibdan ustun keldi.
Dastlab, Ronaldu 51-daqiqada hisobni ochdi. O‘yinning asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan daqiqalarda Bruno oradagi farqni ikkitaga etkazib qo‘ydi.
Mazkur g‘alabadan so‘ng "qizil iblislar" hisobidagi ochkolar sonini 43 taga etkazib olgan holda, APL turnir jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 33 ochkoga ega "Brayton" 9-pog‘onadan joy olgan.
Fikrlar