
APL. "Liverpul" yirik hisobda, "Tottenxem" esa ishonchli tarzda g‘alaba qozondi
APLning 5-turidan o‘rin olgan bir nechta o‘yinlar bo‘lib o‘tdi.
"Liverpul" - "Bornmut" uchrashuvida mezbonlar 3 ta gol farqi bilan zafar quchishdi. O‘yinda Dias dubl qilgan bo‘lsa, Nunes o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ydi.
Shu tariqa, "qizillar" turnir jadvalida 12 ochko bilan birinchi o‘ringa chiqib olishdi. "Bornmut" esa 13-pog‘onaga joylashdi.
- Angliya - Premier Liga
- Joriy Mavsum

Liverpul
- Luis Díaz 26'
- Darwin Núñez 37'
- Luis Díaz 28'
21.09.2024 19:00

AFK Bornmut
"Tottenxem" o‘z maydonida "Brentford"ni qabul qilib, 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Dastlab, Mbemu hisobni ochgan bo‘lsa, Sloanke imkoniyatlarni tenglashtirdi. Shundan keyin Jonson va Meddisonlar bittadan o‘z hisoblariga gol yozdirib qo‘yishdi.
3 ochkoni qo‘lga kiritgan "shporlar" turnir jadvalida 10, "Brentford" bo‘lsa 12-o‘ringa joylashdi.
- Angliya - Premier Liga
- Joriy Mavsum

Tottenhem
- Dominic Solanke 8'
- James Maddison 85'
- Brennan Johnson 28'
21.09.2024 19:00

Brentford
- Bryan Mbeumo 1'
Fikrlar