
APL. "Liverpul" ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi
APL 17-turidan o‘rin olgan "Aston Villa" - "Liverpul" bahsi yakuniga etdi. Mazkur bellashuvda mehmonlar 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
"Qizillar" safida Saloh, Van Deyk hamda Baychetich gol urgan bo‘lsa, birmingemliklarning yagona goliga Uotkins mualliflik qildi.
6-o‘rinda borayotgan Klopp shogirdlari hisobidagi ochkolari sonini 25 tani tashkil etmoqda. "Aston Villa" esa 18 ochko bilan 12-pog‘onani band etib turibdi.
Fikrlar