
APL. "Liverpul" ilk turda ochko yo‘qotdi
APL ilk turidan o‘rin olgan "Fulxem" - "Liverpul" uchrashuvi yakuniga etdi. Unda jamoalar 2:2 hisobidagi durangga imzo chekdi.
"Qizillar" safida Darvin Nunes hamda Muhammad Saloh gol urgan bo‘lsa, mezbonlar tarkibida Aleksandr Mitrovich dubl muallifiga aylandi.
Shu tariqa, jamoalar ilk turda bir ochkodan bo‘lishib oladigan bo‘ldi.
Fikrlar