
APL. "Lids" ilk turning so‘nggi o‘yinida "Everton"dan ustun keldi
Angliya Premer-ligasining 1-tur so‘nggi bellashuvidan o‘rin olgan "Lids" - "Everton" klublari ishtirokidagi bellashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuvda mezbon jamoa so‘nggi daqiqalarda penaltidan kiritilgan gol evaziga g‘alaba qozondi.
O‘yindagi yagona golga esa Lukas Nmecha mualliflik qildi. Uning goli jamoasining ilk turda g‘alaba qozonib, mavsumni yaxshi kayfiyatda boshlashiga sababchi bo‘ldi.
Ma’lumot o‘rnida, "Lids" keyingi o‘yinini 23 avgust kuni "Arsenal"ga qarshi o‘tkazsa, mersesaydliklar 24 avgust kuni "Brayton" bilan kuch sinashadi.
- Angliya - Premier Liga
- Joriy Mavsum

Leeds United
- Lukas Nmecha 84'
Tugadi
1
:
0
19.08.2025 00:00

Fikrlar