
APL. Kavanining super goli ham "Manchester Yunayted"ga g‘alaba keltirmadi
Hozirgina Angliya premer-ligasining 37-turidan o‘rin olgan “Manchester Yunayted” hamda “Fulxem” jamoalari bahsi o‘z nihoyasiga etdi.
“Old Trafford”da kechgan bellashuv 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi. Shu kuni MYu safida Edinson Kavani (15'), “Fulxem” safida Jo Brayan (76') gol muallifi bo‘ldi.
Ushbu uchrashuvdan so‘ng “Manchester Yunayted” o‘z hisobidagi ochkolar sonini 71 taga etkazib oldi va 2-o‘rinni yanada mustahkamladi. “Fulxem” esa 28 ochko bilan 18-o‘rinda qoldi.
Fikrlar