APL. Jezus 4 ta gol urgan o‘yinda "Siti" raqibini yanchib tashladi

  • 23 aprel, 2022, 21:12
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

APL 34-turidan o‘rin olgan "Manchester Siti" - "Uotford" bellashuvi yakunlandi. Unda mezbonlar yirik 5:1 hisobida zafar quchdi.

Tecno

"Shaharliklar" safida Jezus 4 ta gol urgan bo‘lsa, yana 1 gol Rodri hisobiga qayd etildi. Mehmonlarning yagona goliga Kamara mualliflik qildi.

Mazkur natijadan so‘ng "Manchester Siti" ochkolari sonini 80 taga etkazib oldi. Klub ayni payt jadvalda etakchilik qilmoqda.

"Uotford" hisobida 22 ochko mavjud bo‘lib, jamoa 19-o‘rindan joy egallagan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!