APL. Ikkita uchrashuv yakunlandi

  • 26 dekabr, 2020, 21:54
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer ligasining 15-turida "Aston Villa" o‘z maydonida "Kristal Pelas"ni qabul qilib, 3:0 hisobida mag‘lub etdi.

Tecno

Uchrashuvning beshinchi daqiqasida Traore hisobni ochgan bo‘lsa, 66-daqiqada Xauz va 76-daqiqada El-G‘ozi o‘z hisobiga bittadan gol yozdirib qo‘ydi. Ushbu g‘alabadan so‘ng, "Aston Villa"ning ochkolari 25 ta bo‘ldi va ettinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Kristal Pelas" 18 ochko bilan 13-o‘rinda qolib ketdi.

Parallel ravishda kechgan bahsda "Sautgempton" klubi "Fulxem" mehmoni bo‘lib, 0:0 hisobida nursiz durang o‘ynadi. Shu tariqa, "Fulxem" ochkolari sonini 11 taga etkazib, 18-pog‘onada qoldi. "Sautgempton" esa, 25 ochko bilan sakkizinchi o‘ringa joylashdi, ammo "Manchester Siti" ertangi bellashuvda "Sheffild"ni mag‘lub eta olsa, Ralf Xazenxyuttl shogirdlaridan o‘zib ketadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!