
APL. "Aston Villa" "Everton" darvozasiga javobsiz 4 ta gol urdi
APLning 2-turidan o‘rin olgan "Aston Villa" - "Everton" bahsi mezbonlarning 4:0 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.
Dastlab, Makginn 18-daqiqada hisobni ochdi. Oradan ko‘p o‘tmay penaltidan Luis oradagi farqni ikkitaga oshirdi. Ikkinchi taymda Beyli va Duran ham o‘z nomiga bittadan gol yozdirib qo‘ydi.
Ma’lumot uchun, "Aston Villa" turnir jadvalida 9-o‘ringa chiqib oldi. "Everton" esa so‘nggi pog‘onaga tushib ketdi.
Fikrlar