
APL. "Arsenal" yirik hisobda g‘alaba qozondi
Premer-liganing 29-turidan o‘rin olgan "Arsenal" - "Lids" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. "Kanonirlar" ushbu to‘qnashuvda mehmonlarni ayab o‘tirmadi.
O‘yinda Jezus dubl qilgan bo‘lsa, Uayt va Jaka bir martadan raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Javob golini esa Kristensen kiritdi.
"Arenal" 3 ochkoni qo‘lga kiritdi va turnir jadvalidagi eski holatni tiklab qo‘ydi. Aniqroq qilib aytsak, "Siti" bilan farqni 8 ochkoga etkazib qo‘ydi.
Fikrlar