
APL. "Arsenal" taslim qilindi, "Siti"gacha esa "bir qadam"
APL 27-turidan o‘rin olgan qoldirilgan uchrashuvda "Arsenal" o‘z maydonida "Liverpul"ni qabul qildi. Mazkur bahsda mersisaydliklar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
"Qizillar" tomonidan kiritilgan gollarga Diogu Jota hamda Roberto Firmino mualliflik qildi.
Shu tariqa, Klopp shogirdlari hisobidagi ochkolari sonini 69 taga etkazib oldi. Ayni vaqtda ularni "Manchester Siti"dan bir ochko ajratib turibdi. "Kanonirlar" hisobida 51 ochko bor. Arteta shogirdlari 27 o‘yin o‘tkazgan holda, 4-o‘rinni band etib turibdi.
Fikrlar