APL. "Arsenal" "Nyukasl"ni ayab o‘tirmadi

  • 25 fevral, 2024, 02:55
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

APLning 26-turidan o‘rin olgan "Arsenal" - "Nyukasl" uchrashuvida mezbonlar yirik 4:1 hisobida zafar quchdi. 

O‘yinda hisob Botman tomonidan ochilgan bo‘lsa, Xaverts farqni ikkitaga oshirib qo‘ydi. Shundan keyin Saka va Kivor ham o‘z nomiga bittadan gol yozdirib qo‘ydi. 84-daqiqaga kelibgina mehmonlar javob qaytara oldi. "qarg‘alar" tarkibidan yagona golni Uillok urdi. 

Shu tariqa, "kanonirlar" turnir jadvalida 58 ochko bilan 3, "Nyukasl" esa 37 ochko to‘plagan holda 8-o‘ringa joylashdi. 

"Arsenal" 4:1 "Nyukasl"

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!