APL. "Arsenal" markaziy uchrashuvda"Liverpul"dan ustun keldi

  • 9 oktabr, 2022, 22:34
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer ligasi 9-turi doirasidagi "Arsenal" - "Liverpul" uchrashuvi yakuniga etdi. Qiziqarli va keskin kurashlar ostida o‘tgan bahsda "to‘pchidar" 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Tecno

Uchrashuvdagi hisobni 1-daqiqada ochildi. Edegorning ajoyib uzatmasidan keyin Martinelli Alisson davrozasini ishg‘ol qildi. 34-daqiqada Darvin Nunes bosh bilan gol urib, o‘yindagi muvozanatni tikladi. Birinchi taym yakunida esa Bukayo Saka "kanonirlar"ni yana hisobda oldinga olib chiqdi - 2:1.

Ikkinchi taym boshida, aniqrog‘i 53-daqiqada Roberto Firmino talodagi hisobni 2:2 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi. 76-daqiqada Saka penaltidan gol urib, o‘zining dublini rasmiylashtirdi hamda "Arsenal"ga g‘alaba taqdim etuvchi to‘pga mualliflik qildi. 

Ushbu g‘alabadan keyin Arteta shogirdlari 24 ochko bilan APL turnir jadvali etakchiligini yana tortib oldi. "Liverpul" esa 10 ochko bilan 10-o‘ringa tushib ketdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!