
Anzur Ismoilov: "Bu ular uchun so‘nggi imkoniyat"
Ertaga "Paxtakor" hamda "Nasaf" jamoalari ishtirokida O‘zbekiston Kubogi final o‘yini bo‘lib o‘tadi. Mazkur bahs oldidan qarshiliklar futbolchisi Sherzod Nasrullaev va "sherlar" himoyachisi Anzur Ismoilov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashib o‘tdi.
Anzur Ismoilov: Albatta, ertaga kubok finali bo‘lib o‘tadi. Raqibimiz yosh va kuchli tarkibga ega. Final bitta o‘yindan iborat. Bu bahs qarshiliklar uchun oxirgi imkoniyat. Sababi, ertangi bellashuvdagi g‘alaba raqiblarimizga Osiyo chempionlar ligasi yo‘llanmasini kafolatlaydi. Shuningdek, bizga ham g‘alaba muhim. Xullas, ertaga juda tomoshabop uchrashuv bo‘ladi.
Sherzod Nasrullaev: Mana mavsum ham oxirlab qoldi. Superkubokda raqibimiz "Paxtakor" klubi hisoblanadi. Ertangi o‘yinga keladigan bo‘lsak, raqibimiz kuchli jamoa. O‘z navbatida biz ham g‘alaba qozonishga harakat qilamiz.
Fikrlar