Antonio Kassano: "Lukakuni 85 mln evroga sotib olish bu axmoqlik. Ikardini Iguainga almashtirar edim"

  • 27 iyul, 2019, 01:48
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya terma jamoasi sobiq xujumchisi Antonio Kassano "Manchester Yunayted" forvardi Romelu Lukaku "Inter"ga o‘tishi mumkinligi borasida fikr bildirdi.

Tecno

"Inter" zaxirasida yaxshi futbolchi bor. Konte jamoani "Yuventus" bilan raqobatbardosh qila oladi va skudetto uchun kurasha oladi.

"A" Seriyada juda hayajonli mavsum kutmoqda. Mauritsio Sarri Kontega qarshi. Afsuski Allegri ketdi, biroq u yaxshi jamoaga qaytadi.
Lukakuning transferi shaxsan menga ma’qul emas. 85 mln evroga sotib olish bu axmoqlik. Men muxlis sifatida aytyapman. Yaxshisi, Ikardini Iguainga almashtirar edim.

Agar men "Inter"da ishlaganimda shunday qilardim. Ikardi bu ularning elkalariga tushayotgan yuk," - dedi Kassano.

                                                                                                                           Manba: Football Italia

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!