
Antidoping qoidalarini eng ko‘p buzgan sport turlari va mamlakatlar ro‘yxati e’lon qilindi
Butunjahon antidoping tashkilotining (WADA) 2018 yil bo‘yicha tahliliy hisoboti e’lon qilindi.
WADA hisobotiga ko‘ra, 2018 yilda jahon antidoping tashkilotlari tomonidan jami 263 ming 519 ta doping-sinama yig‘ilgan. Ulardan 2 ming 771 ta holatda doping aniqlangan. Antidoping qoidabuzarliklarni 117 ta davlat sportchilari sodir etib, 92 sport turini qamrab olgan.
Eng ko‘p qoidabuzarlik olimpiya sport turlarida topilgan: velosportda – 215 ta, engil atletikada – 188 ta va og‘ir atletikada – 157 ta.
2018 yilda antidoping qoidabuzarliklar bo‘yicha Rossiya (144), Italiya (132) va Frantsiya (114) sportchilari "peshqadamlik" qilishgan.
Fikrlar