Anri PSJga kelmaydi

  • 9 iyun, 2023, 11:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Terri Anri PSJ murabbiylar shtabiga qo‘shilmaydi. Bu haqda L'Equipe nashri o‘z sahifalarida xabar bermoqda.

Tecno

Manbaga ko‘ra, Yulian Nagelsmann nomzodi bosh murabbiylikka muhokama qilinayotganda Anri nomi ham paydo bo‘lgan, ammo yakunda PSJ rahbariyati bunday duet muvaffaqiyatli chiqishiga ishonch bildirmadi.

Avvalroq, Yulian Nagelsmann PSJ bosh murabbiyi, Terri Anri esa uning yordamchisi bo‘lishi mumkinligi xabar qilingandi. Hozirda ikkala mutaxassis ham ishsiz. Germaniyalik mutaxassis bahorda “Bavariya”ni, Anri esa qishda Belgiya terma jamoasida ishdan ketgan edi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Nagelsmann PSJ bosh murabbiyi lavozimiga tayinlanishi haqiqatga juda yaqin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!