Anri: "Arsenal" "Real"ni yutishiga ishonmasa, Londonda qolgani yaxshi"

  • 17 mart, 14:26
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, UEFA Chempionlar ligasining chorak final bosqichida Mikel Arteta boshchiligidagi "Arsenal" Karlo Ancheottining "Real"i bilan kuch sinashadi. Ushbu bellashuv 8 apreldan 9 aprelga o‘tar kechasi soat 00:00 da bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Mazkur bahsdan avval "Arsenal" va "Barselona"ning sobiq futbolchisi Terri Anri o‘z fikrini bildirib o‘tdi. 
 
"Arsenal" "Real Madrid”ni yutishga ishonishi kerak. "Atletiko Madrid” bir necha marta "Real”ga qarshi ajoyib o‘ynadi, lekin bu etarli bo‘lmadi. "Manchester Siti” ham juda zo‘r o‘ynadi, lekin baribir etarli bo‘lmadi. Agar "Arsenal” "Real Madrid”ni yutishiga ishonmasa, unda Londonda qolgani ma’qul" - dedi sobiq frantsiyalik hujumchi. 
 
Ma’lumot o‘rnida, ikki klub o‘rtasidagi ilk bellashuv 8/9 - aprel kuni bo‘lib o‘tsa, javob bellashuvi 16/17 - aprel kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!