Angliyadan 3 klub “Real”ning qimmatbaho yulduzini olmoqchi

  • 24 sentabr, 06:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”ning frantsiyalik legioneri Eduardo Kamavinga Angliya Premer-ligasining badavlat klublari nishoniga tushdi va yozda jamoasini o‘zgartirish ehtimoli oshib boryapti.

Tecno

Caught Offside nashrining yozishicha, “Chelsi”, “Manchester Yunayted” va “Nyukasl Yunayted” 22 yoshli futbolchi uchun “Real” talab qiladigan 80 million evro miqdoridagi badal pulini to‘lashga tayyor.

Kamavinga “Renn” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Markaziy yarim himoyachini madridliklar 2021 yili o‘z jamoasiga qo‘shib olgan. “Renn” bu transferdan 31 million evro ishlab olgan edi.

Eduardo har transfer mavsumida grand klublar nishonida bo‘ladi. Bu o‘yinchi “Qirollik klubi” bilan hamkorlikn to‘xtatmoqchi emas. Ammo Kamavinganing transfer summasi pasaya boshlagan. Xususan 2024 yili 100 million evroga baholangan o‘yinchining hozirgi narxi 60 million evroni tashkil qilmoqda.

“Real” rahbariyati buni inobatga olgan holda, 2029 yilning yozigacha davom etadigan shartnomaga ega o‘yinchini 80 million evroga sotib yuborishga tayyorligi aytilyapti.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!