Angliyadagi eng baquvvat futbolchi “bo‘rilar ini”ga sig‘may qoldi

  • 8 mart, 2021, 17:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Vulverxempton” premer-liga futbolchilari orasida jismoniy ko‘rsatuichlari bilan ajralib turadigan ispaniyalik yarim himoyachi Adama Traoreni sotib yuborishga qaror qildi.

Tecno

O‘tgan mavsumda bu futbolchi muvaffaqiyatli o‘yinlari bilan grand klublari e’tiborini qozongan edi. Biroq, “bo‘rilar” o‘shanda uni sotishdan bosh tortgan.

Yozgi transferlar vaqtida kuchli jamoalarga o‘tolmagan futbolchining ishtiyoqi so‘ndi. Hozir uning avvalgi o‘yinidan asar ham qolmagan. Joriy mavsumda 26 ta bahsda maydonga tushgan Traore birorta natija ko‘rsatolmadi. Shu bois, “Vulverxempton” ispan yarim himoyachisini sotib yubormoqchi.

Biroq, “bo‘rilar” endi Traorening transferini avvalgidek 70 million funtga baholay olmaydi. Uni qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan klublar 30 million funt bilan baquvvat futbolchiga ega bo‘lishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!