Angliyada eng zo‘r o‘yinchilar qancha maosh olyapti?

  • 7 noyabr, 2024, 15:15
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Statistik ma’lumotlarga ixtisoslashgan Spotrac nashri Angliya Premer-ligasi o‘yinchilarining yillik maoshini hisoblab chiqdi. 

Tecno

Unga ko‘ra, eng katta mablag‘ “Manchester Siti” pleymeykeri Kevin de Bryuynega to‘lanayotgan ekan. Belgiyalik futbolchi har yili 24,79 million evrodan maosh olyapti. 34 yoshli futbolchining “shaharliklar” bilan kelishuvi yozda yakunlanadi.

“Manchester Siti” to‘purari Erling Xoland bu borada ikkinchi pog‘onada qayd etilgan. Norvegiyalik hujumchining bir yillik xizmat haqi 23,24 million evroga baholanmoqda. 

Keyingi o‘rinlarni yoshi o‘tib borayotgan yulduzlar – “Liverpul” hujumkor futbolchisi Muhammad Saloh hamda “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Kazemiro egallab turibdi. Har ikki o‘yinchi bir mavsum uchun bir xil – 21,69 million evrodan maosh olyapti. 

Eng katta maosh olayotgan o‘yinchilar ro‘yxati quyidagicha ko‘rinish oldi:
1. De Bryuyne («Manchester Siti”) — € 24,79 mln;
2. Xoland (“Manchester Siti”) — € 23,24 mln;
3-4. Kazemiro (“Manchester Yunayted”) — € 21,69 mln;
3-4.Saloh (“Liverpul”) — € 21,69 mln;
5. Sterling (“Chelsi”/ “Arsenal”) = € 20,14 mln;
6-8. Bernardu Silva (“Manchester Siti”) — € 18,59 mln;
6-8. Djek Grilish (“Manchester Siti”) — € 18,59 mln;
6-8. Reshford (“Manchester Yunayted”) — € 18,59 mln;
9. Xaverts (“Arsenal”) — € 17,35 mln;
10. Gabriel Jezus (“Arsenal”) — € 16,42 mln.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!