Angliya tarixidagi eng ko‘p gol urganlar aniqlandi

  • 3 noyabr, 2020, 21:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Premer-liganing navbatdagi uchrashuvida “Brayton” darvozasini ishg‘ol qilgan “Tottenxem” hujumchisi Harri Keyn umumiy gollari sonini 149taga etkazib, Angliya chempionatining eng zo‘r to‘purarlari o‘nligiga kirdi.

Tecno

Umuman olganda, Angliyaning eng zo‘r to‘purari Alan Shirer hisoblanadi. U o‘z faoliyati davomida raqiblar darvozasini 260 marotaba aniq nishonga olgan. Faoliyatini davom ettirayotgan futbolchilar orasida kuchli o‘nligida Harri Keyndan tashqari Serxio Aguero ham o‘rin olgan. Aguero Angliya maydonlarida 180 ta gol urib, ro‘yxatning to‘rtinchi qatorida qayd etildi.

Primer-liga to‘purarlari bilan tanishing:

  1. Alan Shirer — 260 gol.
  2. Ueyn Runi — 208.
  3. Endi Koul — 187.
  4. Serxio Aguero — 180.
  5. Frenk Lempard — 177.
  6. Terri Anri — 175.
  7. Robbi Fauler — 163
  8. Jermeyn Defo — 162.
  9. Maykl Ouen — 150.
  10. Harri Keyn va Les Ferdinand — 149.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!