Angliya Liga kubogi. "Manchester Yunayted" raqib darvozasiga 4 ta gol urdi

  • 11 noyabr, 2022, 03:00
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Liga kubogi 1/16 finali doirasidagi "Manchester Yunayted" - "Aston Villa" uchrashuvi yakuniga etdi. Qiziqarli va gollaga boy o‘tgan bahsda "qizil iblislar" 4:2 hisobida g‘alaba qozondi. 

Tecno

Erik ten Xag shogirdlarining gollariga Antoni Marsyal, Markus Reshford, Bruno Fernandesh va Skott Maktominey kabi futbolchilar mualliflik qildi. "Aston Villa" esa Olli Uotkins va Diogu Dalotning avtogollari evaziga javob qaytardi. 

Shu tariqa, 4:2 hisobida g‘alaba qozongan "Manchester Yunayted" Angliya Liga kubogi keyingi bosqichiga yo‘l oldi, "Aston Villa" esa musobaqa bilan erta xayrlashdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!