Angliya - Eron o‘yini JCh tarixida qoldi

  • 21 noyabr, 2022, 21:43
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qatar mundialidagi ikkinchi uchrashuvida Angliya terma jamoasi Eron bilan kuch sinashdi va uchrashuvning birinchi yarmidayoq uchta gol kiritildi. Bahning ikkinchi bo‘limida inglizlar tomonidan yana uchta gol kiritildi hamda bu Angliya terma jamoasi uchun jahon chempionati doirasidagi gollar soni bo‘yicha rekordning takrorlanishi bo‘ldi.

Tecno

Shuningdek, bu o‘yin ham jahon chempionati tarixidagi eng uzun bellashuv sifatida tarixda qoldi. Jami ikki bo‘lim salkam 118 daqiqa davom etdi. Avvalgi rekord 1994 yilda Amerikadagi jahon chempionatida Boliviya va Janubiy Koreya o‘rtasidagi o‘yinda qayd etilgan bo‘lib, o‘sha bellashuv 103 daqiqa 56 soniya davom etgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!