
Andrey Rublyov nima qilganini tushunmay qoldi
Melburn shahri mezbonlik qilayotgan “Katta dubulg‘a“ turkumiga kiruvchi Avstraliya ochiq chempionatining erkaklar o‘rtasida bahslarda so‘nggi to‘rtinchi davra o‘yinlari o‘tkazildi.
Unda rossiyalik tennischis Andrey Rublev va germaniyalik Aleksandr Zverev o‘zaro kuch sinashdi. Mazkur uchrashuvda A.Rublev raqibiga 4:6, 4:6, 4:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Shu tariqa, musobaqaning chorak finaliga chiqqan A.Zverev yarim final yo‘llanmasi uchun o‘tadigan o‘yinda Sten Vavrinkaga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar