
Andrey Fyodorov "Paxtakor"dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng nimalar dedi?
"Avvalambor "Paxtakor"ni g‘alaba bilan tabriklayman. Lekin o‘yin borasida aytganda biz 1:3 hisobidagi mag‘lubiyatga loyiq emas edik. Ikkinchi taym boshida biroz sustlashdik va natijada 2 ta tezkor gol o‘tkazib yubordik. Uyog‘iga esa “Paxtakor” yopilib oldi va bizning gol kiritishimiz qiyinlashdi. Chempionatda endi birinchi o‘yinni o‘tkazdik. Hali oldinda uchrashuvlar ko‘p. Xatolardan to‘g‘ri xulosa chiqargan holda, o‘yin sifatini yaxshilashga harakat qilamiz.
Ikkinchi bo‘limni kuchsiz o‘tkazayotganimiz jismoniy tayyorgarlikdan emas. Bir golni penaltidan, ikkisini qarshi hujumdan o‘tkazdik, boshqa xato bo‘lmadi.
Ikki o‘yinda 5 ta gol o‘tkazish yaxshi natija emas va buning ustida ish olib boramiz. Ish bor joyda xato bo‘ladi", - dedi Fyodorov.
Fikrlar