Andrey Fyodorov: Babayan haqidagi gaplar jamoaning o‘yiniga ta’sir etgani yo‘q

  • 26 may, 2019, 22:06
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Birinchi navbatda "Lokomotiv" muxlislarini g‘alaba bilan tabriklayman. O‘yin qiyin bo‘lishi kutilgan edi, boisi "Nasaf" yoshlar iborat bo‘lgan tartibli, kuchli jamoa sanaladi. Ular hujumda ham, himoyada ham yaxshi o‘ynay olishadi. Yana bir bor qaytaraman, uchrashuv juda qiyin o‘tdi. Ammo bugun biz uchun muhimi natija edi va futbolchilarimni duranglar seriyasi yakunlangani bilan tabriklayman. Tanaffusga yaxshi kayfiyat bilan yo‘l olmoqdamiz.

Tecno

- O‘yin oldidan "Lokomotiv" atrofida Samvel Babayan murabbiy bo‘lishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Bu jamoaning o‘yiniga qay darajada ta’sir qildi?

- Yo‘q, biz odatdagi tartibda shug‘ullanishda davom etdik. Murabbiyning taqdiri shunday. Bugun taklif etishadi, ertaga iste’foga chiqarishadi. Ammo bu narsa ta’sir etgani yo‘q. 

- Shuhrat Muhammadievning ahvoli qanday?

- Biz uni uzoq muddatga yo‘qotdik. Suyakning ochiq sinishi ro‘y bergan. 

- "Lokomotiv"ning oldiga qanday vazifalar qo‘yilgan?

- Chempionlik, "Loko"ning oldiga boshqacha maqsad qo‘yilmagan. 

Shahzod Xolboev yozib oldi

Surat muallifi Azamat Umarov

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!