
Andres Inesta: "Bu erdagi faoliyatimning unutilmas daqiqalari uchun barchangizga yana bir bora rahmat"
Ispaniyalik yarim himoyachi Andres Inesta "Vissel Kobe"ni tark etishi haqida gapirdi. Kuni kecha 39 yoshli futbolchi Yaponiya terma jamoasi bilan xayrlashuv uchrashuvida maydonga tushdi.
“Barcha rahmat, bu ajoyib edi. Bu erdagi faoliyatimning unutilmas daqiqalari uchun barchangizga yana bir bora rahmat. Xayrlashuv uchrashuvi kutganimdan ham ajoyib bo‘ldi”, - deb yozdi tajribali yarim himoyachi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Inesta 2018 yildan beri "Vissel Kobe"da to‘p surib kelayotgan edi. Bungacha ispaniyalik futbolchi 15 yil davomida “Barselona”ning sharafini himoya qilgan.
Ma’lumot uchun, Andres "Vissel Kobe" bilan birgalikda Yaponiya kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar