
Andrea Pirlo "Sampdoriya" bosh murabbiyligidan iste’foga chiqarildi
Italiya milliy terma jamoasi va "Milan", "Yuventus" kabi klublarning sobiq futbolchisi Andrea Pirlo "Sampdoriya" jamoasi bosh murabbiyligidan iste’foga chiqarildi. Sobiq yarim himoyachi genuyaliklar ustozi sifatida bu mavsum atigi 3 tagina o‘yinda qatnashdi. Mazkur bahslarda jamoa bir bor durang o‘ynadi va qolgan ikkita o‘yinda mag‘lubiyat alamini totib ko‘rdi.
Klub rahbariyati qoniqarsiz natijalardan so‘ng, italiyalik afsona bilan hayrlashishga qaror qildi. "Sampdoriya" o‘tgan mavsum salbiy natijalar tufayli A seriyadan tushib ketgan edi. Bir yil ichida yana yuqori ligaga qaytishni maqsad qilgan. Biroq, Genuya shaxri klubi bu ketishda maqsadiga etisha olishi uchun, xali ancha muddat ter to‘kishiga to‘g‘ri keladigan ko‘rinadi.
Fikrlar