
"Andijon"ning Turkiya yig‘inidagi barcha raqiblari ma’lum
Ma’lumki, “Andijon” jamoasi 24 yanvar kuni xorij yig‘inini o‘tkazish maqsadida Turkiyaning Antaliya shahriga yo‘l oladi. U erda oldindan rejalashtirilganidek, "Burgutlar" 7 ta o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etadi. Shuni ta’kidlash o‘rinliki, “Andijon”ning u erdagi barcha sparring-raqiblari nomi ma’lum bo‘ldi.
Jumladan, 9 fevral kuni Slovakiyaning “Belusa” jamoasi raqib vazifasini bajaradi.
12 fevral sanasiga esa ikkita o‘yin belgilangan bo‘lib, ulardan biri Ukrainaning “Oleksandriya” klubiga qarshi o‘tishi lozim edi. Biroq o‘zgarish yuz berdi va ushbu klubning o‘rniga 12 fevral sanasida Latviyaning “Valmiera” jamoasiga qarshi bahs olib boriladi. Ushbu raqiblar haqida keyinroq batafsil ma’lumot taqdim etamiz. Rejaga ko‘ra, jamoamiz 4 va 12 fevral kunlariga ikkita o‘yinda maydonga tushadi.
“Andijon”ning Antaliya yig‘inidagi barcha raqiblari
27 yanvar (shanba)
“Andijon” – Janubiy Koreya U-23 terma jamoasi
1 fevral (payshanba)
“Andijon” – TsSKA (Rossiya)
4 fevral (yakshanba)
“Andijon” – “Selimbar” (Ruminiya)
“Andijon” – “Chernomorets” (Ukraina)
9 fevral (juma)
“Andijon” – “Belusa” (Slovakiya)
12 fevral (dushanba)
“Andijon” – “Korvinul Xunedora” (Ruminiya)
“Andijon” – “Valmiera” (Latviya)
“Andijon” matbuot xizmati.
Fikrlar