
"Andijon"ning Avstriya klubiga qarshi bahsida 3 ta gol urildi
Bugun "Andijon" jamoasi ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishi rejalashtirilgan bo‘lib, uning dastlabkisi ortda qoldi. Kunning birinchi yarmida Belekdagi “Ekodizayn sport majmuasi”da Avstriyaning “ASK Voytsberg” klubiga qarshi bo‘lib o‘tdi.
Murabbiylar shtabi tomonidan ikkala bahs uchun alohida tarkib tanlangan. “ASK Voytsberg”ga qarshi bahsda Sardor Azimov sardorligidagi tarkib maydonga tushirildi. Bahs mobaynida esa biroz kuchli shamol esib turdi.
O‘yinda uchta gol kiritildi. Dastlab raqib futbolchisi Pasha Mayer hisobni ochgan bo‘lsa, oradan ko‘p o‘tmasdan Muhammadkarim Toirovning faolligi evaziga raqibdan to‘pni olib qo‘yib, Shaxrom Samievni qulay imkoniyatga chiqardi. O‘z navbatida Samiev o‘zi uchun yaratilgan bunday vaziyatdan samarali foydalandi.
Shuningdek, Doniyor Abdumannopovda uchrashuv boshida gol urish uchun yaxshi imkoniyat yuzaga kelgandi. Ammo o‘sha vaziyatda futbolchidan omad yuz o‘girdi. Tanaffusdan keyin esa avstriyaliklar yana bir gol urishdi.
Bahsning qolgan daqiqalarida ham jiddiy kurash kechdi. Ayrim holatlarda esa raqib darvozasini ishg‘ol qilishda aniqlik etishmadi. Shunday bo‘lsa-da, o‘yin keskin kurashlar ostida kechdi va muhimi, murabbiylar qo‘llanilayotgan o‘yin strategiyasini ko‘zdan kechirib oldilar.
Endi yana bir necha soatdan so‘ng “Andijon” kun davomizdagi ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvini Norvegiyaning “Raufoss” klubiga qarshi o‘tkazadi.
“Andijon” – “ASK Voytsberg” (Avstriya) – 1:2 (1:1).
7 fevral. Antaliya. “Ekodizayn sport majmuasi”.
Bosh hakam: Nurg‘azi Bekbo‘lsunov
Yordamchi hakamlar: Zafar Mirzaitov, Danel Abdukadirov
Zaxira hakami: Adilet Eraliev
Nazoratchi: Vadim Skopintsev
“Andijon”: Eldor Adxamov, Abubakir Ashurov, Luka Uskokovich, Abdulvohid G‘ulomov, Abdurahmon Komilov, Shoxjahon Yorqinboev, Mirzad Mexanovich, Muhammadkarim Toirov, Doniyor Abdumannopov, Sardor Azimov, Shaxrom Samiev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Mohir Komilov, Rustam Turdimurodov, Altin Kreziu, Usmonali Ismonaliev.
“ASK Voytsberg”: Yuriy Krixmayr, Dominik Kimbaer, Martin Salentinik, Elias Yantrisevits, Nino Pungarsek, Filip Shxeyxer, Yakob Yantsxer, Maksimilian Suppan, Lukas Parger, Pasha Mayer, Mauris Amrich.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Fauland Mixael, Kristof Shtrommer, Drini Xalili, Filip Zuna.
Gollar: Pasha Mayer, 28 – 0:1. Shaxrom Samiev, 34 – 1:1. Filip Zuna, 52 – 1:2.
Fikrlar