"Andijon"ni Superligada olib qoladigan murabbiy topildi!

  • 4 noyabr, 2020, 17:18
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, “Surxon” jamoasiga qarshi uchrashuvdan so‘ng murabbiylik vazifasida ishlayotgan Baxtiyor Hamidullaev lavozimidan ozod etilgandi. Klub rahbariyati bosh murabbiylikka bir nechta nomzodlar orasidan Otabek G‘ulomxo‘jaev variantini munosib, deb topdi.

Tecno

G‘ulomxo‘jaev shu paytgacha dastlab, “Paxtakor” va “Bunyodkor” klublarining akademiyalarida ish boshlagan. Keyinchalik 2015-2016 yillarda O‘zbekiston U-16 o‘smirlar terma jamoasida bosh murabbiy Temur Olimxo‘jaevga yordamchi sifatida ishlagan. 

Otabek

2018-2019 yillarda esa, O‘zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimida xizmat qilgan. Ushbu jamoa safida “Andijon”ning yosh futbolchisi Farhod Sohibjonov ham G‘ulomxo‘jaev qo‘l ostida harakat qilgan. Shuningdek, u “Navbahor” jamoasida selektsioner murabbiy sifatida ham ish yuritgan.  

Ma’lumot o‘rnida shuni aytish kerakki, Otabek G‘ulomxo‘jaev 1982 yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. U futbolchilik faoliyatida 2001-2002 yillarda “Andijon” jamoasi safida ham to‘p surgan. Afsuski, og‘ir jarohat tufayli futbolchilik faoliyatini yakunlashga majbur bo‘lgan.

Umid qilamizki, G‘ulomxo‘jaev boshchiligidagi “Andijon” Superligada qolish vazifasini uddalaydi va jamoaning kelgusi yillardagi natijalarini yaxshilaydi, - deya xabar bermoqda, klub matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
'''''''''''' """"""
04/11/2020 17:39
Вай фляя, олиб қолсин биз хурсан бўламиз. Сарлавхани қаранг.
Mirali Hcerali
04/11/2020 20:44
Иншааллох олиб к,олади