Andijon viloyati sport boshqarmasi boshlig‘i: "Shaxmat musobaqasi uchun sharoitlar yuqori saviyada tashkil etilgan"

  • 14 yanvar, 23:15
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Shaxmat
CHERY AUTO

Saytimiz orqali xabar berganimizdek, 13-20 yanvar kunlari Andijon shahridagi “Universal “sport majmuasida 7 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan maktab o‘quvchilari o‘rtasida shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston chempionatiga start berildi.

Tecno

Uni yuqori saviyada o‘tkazish, barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish, tashkilotchilik masalasida ham ishlar ko‘ngildagidek bo‘lishi uchun viloyatda mazkur turnirga katta tayyorgarlik ko‘rildi.

Andijon viloyat sport boshqarmasi boshlig‘i O‘tkirbek Odiljonovich Toshpo‘latov bu borada Sports.uz uchun quyidagilarni aytdi:

- Hammani xabari bor, keyingi yillarda yurtimizda shaxmatga bo‘lgan e’tibor tubdan o‘zgargan. 2022 yilgi shaxmat Olimpiadasida shaxmat tojini yurtimizga olib kelishgan. Nasib qilsa, kelasi yili Samarqandda navbatdagi shaxmat Olimpiadasi o‘tkaziladi. Ushbu musobaqalarga yurtimizdagi yosh sportchilarni tayyorlash, kashf qilish maqsadida bir nechta yosh toifasida doimiy ravishda musobaqalar o‘tkazib kelinmoqda.

Jumladan, 13-20 yanvar kunlari umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘quvchilari, ya’ni. 7-17 yoshlilar o‘rtasida O‘zbekiston chempionatiga Andijon shahridagi muhtasham “Universal” sport majmuasi mezbonlik qilyapti. Mazkur musobaqa uchun barcha shart-sharoitlar yuqori saviyada tashkil etilgan. Belgilangan talablarga asosan shaxmat stol-stullari, shaxmat donalari yangitdan tayyorlandi.

Kecha butun Respublikamizdan 1000 nafarga yaqin yosh shaxmatchilarni tantanali kutib oldik. Mana, 14 yanvardan start berildi. Turnirda 840 nafar yosh shaxmatchilar qatnashmoqda. Musobaqa g‘oliblari jahon miqyosida o‘tkaziladigan turnirlarga yo‘llanmani qo‘lga kiritadilar va qimmatbaho sovg‘alar bilan ham taqdirlanadilar. Mana, ilk kundan yuqori saviyada boshlandi. Mana  shu erdan kelajakda jahon olimpiadalari, jahon chempionlarining g‘oliblari etishib chiqadi.

Albatta, viloyat hokimi, viloyatimiz shaxmat federatsiyasining raisi hisoblanadi. Musobaqani yuqori saviyada o‘tkazish uchun o‘zi boshchiligida tashkiliy guruh tuzilgan. Qariyb bir davomida musobaqaga zamonaviy va xalqaro Olimpiadalar o‘tkaziladigan darajada tayyorgarlik ko‘rildi. Ishonamanki, oxirigacha yuqori saviyada o‘tkaziladi”, - deydi O‘tkir Odiljonovich Sports.uz saytiga.

Andijonda yirik shaxmat musobaqasi start oldi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!