"Andijon" va PFL o‘rtasida muammo bormi? Diyor Imomxo‘jaev bu savolga javob berdi

  • 15 aprel, 2022, 19:56
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori Diyor Imomxo‘jaev o‘zining telegramdagi kanali orqali "Andijon" va PFL o‘rtasida hech qanday muammo yo‘qligini ma’lum qildi.

Tecno

"Andijon va O‘zPFL o‘rtasida muammo? Biz klubga katta yordam berib kelayotgan Jur’atbek Quvvatov bilan doim aloqadamiz, o‘tgan vaqt davomida kelishib ishladik ham. Muammo esa butkul boshqa tarafda. Umuman viloyatning asosiy muammosi nima ekanligini bizningcha bugun hamma biladi. Afsuski, ba’zida bundan futbol jabr ko‘rishi mumkin", - deb yozdi PFL bosh direktori.

Eslatib o‘tamiz, Viktor Kumikov boshchiligidagi "Andijon" 5 ta turdan so‘ng Pro-liga musobaqa jadvalida 8 ochko bilan 5-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!