
"Andijon" qaysi futbolchilar bilan shartnoma imzoladi?
Oxirgi paytlarda moliyaviy muammolar girdobiga tushib qolgani haqida aytilayotgan “Andijon” klubi ayni paytda bu masalaga ijobiy echim topish maqsadida ishlar olib borilmoqda. Chunki mavsum startiga ham tobora sanoqli kunlar qolmoqda. Aksariyat jamoalar esa yangi o‘yinchilarni ro‘yxatdan o‘tkazib bo‘lishdi. Shuning uchun andijonliklar ham imkoni qadar tarkibdagi o‘yinchilar bilan kelishuvga erishgan holda ularni ro‘yxatdan o‘tkazish harakatidalar.
Bungacha “Burgutlar” Toshkentda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini bosqichli tarzda o‘tkazishganidan xabaringiz bo‘lsa kerak. Endilikda esa jamoa a’zolari juma kuni dastlabki tur doirasida “Lokomotiv”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan bahs uchun tayyorgarlik ko‘rmoqda. Shuni aytish mumkinki, Aleksandr Xomyakov jamoasi oxirgi nazorat uchrashuvini “Bunyodkor”ga qarshi o‘tkazishdi va unda 1:1 hisobi qayd etildi. Andijonliklardan hujumchi Timur Usmonov o‘zini ko‘rsatdi.
“Andijon” tarkibi: Arslon Ahrorov, Dmitro Zozulya, Usmonali Ismonaliev, Xushnud Avilov, Azamat Isroilov, Farhod Bekmurodov, Jamshid Hasanov, Muhammad Yo‘ldoshev, Abdulloh Olimov, Siroj Meliev, Timur Usmonov.
Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar: Zuhriddin Qahhorov, Qahramon Bahodirov, Jon Lesleon, Baxtiyor Qosimov, Artyom Litvyakov, Farhod Mirahmatov, Nodir Mavlonov, Jahongir Abdumo‘minov.
Endi tarkibdagi o‘zgarishlarga keladigan bo‘lsak, ma’lum vaqt jamoa yig‘inida ishtirok etgan Trinidad va Tobagodan kelgan Jon Lesleonga murabbiylar javob berib yuborishdi. Yayinda “Andijon” jamoasiga “Mash’al”, “AGMK”, “Metallurg”, “So‘g‘diyona” jamoalaridagi to‘p surgan yarim himoyachi bo‘lgan Jahongir Abdumo‘minov kelib qo‘shilgani haqida ham xabar bergandik. Ushbu o‘yinchi o‘tgan mavsumda “Buxoro” jamoasida harakat qilib, 9 ta uchrashuvda 720 daqiqa maydonda harakat qilgan. Endilikda u yangi mavsumni “Andijon”da o‘tkazadi.
Shuningdek, tarkibga nigeriyalik yarim himoyachi Ibe Okoro ham qo‘shilganini ta’kidlash joiz. Katta ehtimol bilan ushbu legioner ham yangi mavsumni “Andijon” safida boshlashi kutilmoqda. Yuqorida aytib o‘tganimizdek, yangi futbolchilar bilan ham kelishuvlarga erishilmoqda. Hozirga qadar quyidagicha o‘yinchilar bilan shartnomalar imzolandi: Abdulloh Olimov, Azamat Isroilov, Artyom Litvyakov, Asilbek Azizov, Arslon Ahrorov, Baxtiyor Qosimov, Dmitro Zozulya, Doniyor Abdumannopov, Jahongir Abdumo‘minov, Jamshid Hasanov, Qahramon Bahodirov, Muhammad Yo‘ldoshev, Muhammadjon Xusanov, Nodir Yo‘ldoshev, Siroj Meliev, Timur Usmonov, Usmonali Ismonaliev, Farhod Bekmurodov, Farhod Mirahmatov va Xushnud Avilov.
Fikrlar