
"Andijon" o‘rtoqlik uchrashuvida "Bunyodkor" bilan durang o‘ynadi
Xabaringiz bor ayni damda FIFA kunlari munosabati bilan Superligada qisqa muddatli tanaffus yuzaga keldi.
Shu munosabat bilan Superliga jamoalari o‘zaro nazorat uchrashuvlari o‘tkazishmoqda. Jumladan, bugun “Bunyodkor” Toshkentda “Andijon”ga qarshi bahs olib bordi. O‘yin 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi.
"Bunyodkor" - "Andijon" 1:1
Gollar: Vladislav Nuriev - Shahzod Ubaydullaev
«Bunyodkor»: Murodjon Zuhurov, Shohruh Gadoev, Evgeniy Chumak, Anvar G‘ofurov, Javohir Qahramonov, Lutfulla To‘raev, Boburbek Farhodov, Xurshid G‘iyosov, Muhammadodil Qahramonov, Sanjar Tursunov, Vladislav Nuriev.
«Andijon»: Vitaliy Mirniy, Ildar Mamatkazin, Bobur Akbarov, Xushnud Avilov, Farhod Mirahmatov, Abdulloh Olimov, Farhod Bekmuratov, Sardor Azimov, Doniyor Ismoilov, Ro‘zimboy Ahmedov, Shahzod Ubaydullaev.
Fikrlar