"Andijon" futbolchisi: "Ajoyib muxlislarimiz bor, ularni oldida gol urish orzuim edi"

  • 28 oktabr, 2024, 16:48
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Andijon” Superliganing 22-turida “Bobur arena”da Toshkentning “Olimpik” klubini qabul qildi va Abdurahmon Komilovning 85-daqiqada kiritgan yagona goli “Burgutlar”ga juda muhim g‘alabani keltirdi.

Tecno

Iqtidorli himoyachi 77-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi va o‘ziga bildirilgan ishonchni oqlagan holda g‘alabaga munosib hissasini qo‘shdi. Qolaversa, Abdurahmon faoliyatidagi birinchi golini kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

 “Andijon” matbuot xizmati esa futbolchidan intervyu oldi.

- Abdurahmon, g‘alaba bilan tabriklayman. Faoliyatingizdagi birinchi golni urdingiz. Zaxiradan maydonga tushayotganda gol urishni maqsad qilganmidingiz?

- G‘alaba bilan sizni ham, butun Andijon xalqini ham tabriklayman. Zaxiradan maydonga tushib jamoamizga yordam berishni maqsad qilgandim. Allohga shukr, bunga erishdim, deb o‘ylayman.

- Bizda imkoniyatlar ko‘p bo‘ldi, lekin golga aylantirishda qiynaldik. Sizningcha, bu nima bilan bog‘liq edi?

- Ha, to‘g‘ri, bizda imkoniyatlar juda ko‘p bo‘ldi. Hamma harakat qildi, gol urushga. Raqib chuqur himoyaga yotib olganligi uchun gol bo‘lishi qiyinroq kechdi, deb o‘ylayman.

-  “Olimpik” siz kutgandek qarshilik ko‘rsatdimm yoki...

- “Olimpik” yaxshi himoyalandi. Biz bunga tayyorgarlik ko‘rgandik. Murabbiylarimiz tomonidan kerakli ko‘rsatmalarni olgandik.

- Faoliyatingizdagi ilk golingizni kimga bag‘ishladingiz?

- Bu golni oilamga, yaqinlarim va bizni qo‘llab-quvvatlab turgan barcha muxlislarmizga bag‘ishlayman.

- Himoyachi sifatida hujumda gol urish sizga qanday hissiyotlarni taqdim qildi?

- To‘g‘risi, gol urishni har o‘yinga chiqayotib niyat qilaman. Allohga shukr, shu o‘yinda nasib qilgan ekan. Xissiyotlarga kelsak, ajoyib muxlislarimiz bor. Ularni oldida gol urush orzuim edi. Jamoamga yordam berganimdan juda xursandman. Ular bizni uchrashuv boshidan oxirigacha qo‘llab-quvatlashdi. Buning uchun kattakon rahmat aytaman.

- Keyingi raqib “Paxtakor” va tayyorgarlik boshlangan. Bo‘lajak bahs oldidan nima deya olasiz?

- “Paxtakor” kuchli jamoa. Xudo xohlasa, ularga qarshi yaxshi tayyorlanib murabbiylarimizning aytganlarini bajarib, muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!