
Anchelottining finallardagi g‘alabali seriyasiga nuqta qo‘yildi
Ispaniya superkubogining finalida “Barselona” “Real” Madridni mag‘lub qilib, chempion bo‘ldi.
Ushbu o‘yindan keyin Karlo Anchelottining faoliyatidagi kamdan-kam kuzatiladigan holat yuz berdi. Murabbiy 2010 yildan beri birinchi marta finalda yutqazdi.
Ma’lumot uchun, italiyalik mutaxassis oxirgi marta Ser Aleks Fergyusonga Angliya superkubogida imkoniyatni boy bergan.
Fikrlar