
Anchelottidan so‘ng "Real"ni kim boshqaradi?
PSJ klubi rahbariyati jamoaga yangi bosh murabbiy izlamoqda. Bu borada turli mutaxassislar nomzodi esa matbuotda vaqti-vaqti bilan paydo bo‘lmoqda. Ular orasida hozirda Germaniyaning “Bayer” klubi boshqaruvida muvaffaqiyatli ishlab kelayotgan Xabi Alonso ham bor.
RMC Sport nashri xabariga ko‘ra, parijliklar allaqachon Alonso bilan bog‘lanishgan, biroq uni jamoaga taklif qilishda bir qancha jiddiy muammolar bor. Ulardan biri, ispaniyalik mutaxassis Karlo Anchelotti "Real"dan ketgach, uning o‘rnini egallashni xohlaydi.
Oldinroq “Real” 2023/2024 yilgi mavsum yakunida Xabi Alonsoni jamoa boshqaruviga taklif qilmoqchi ekani xabar qilingandi. E’tiborlisi, aynan shu paytda Karlo Anchelottining “Real” bilan amaldagi shartnomasi, Alonsoning esa “Bayer” bilan amaldagi shartnomasi o‘z yakuniga etadi.
Fikrlar