
Anchelotti — 350 o‘yin: “Real” tarixidagi eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan murabbiylardan biri
Karlo Anchelotti “Barselona”ga qarshi kecha bo‘lib o‘tgan La Liganing 35-tur uchrashuvi (3:4) bilan “Real”dagi 350-o‘yinini o‘tkazdi.
Shu vaqt mobaynida italiyalik mutaxassis quyidagi natijalarga erishdi:
247 g‘alaba
50 durang
53 mag‘lubiyat
U bu ko‘rsatkich bilan klub tarixida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan murabbiylar orasida ikkinchi o‘rinda – faqat Migel Munos undan ko‘proq (605 o‘yin).
Anchelotti “Real” tarixidagi eng sovrinli murabbiy ham hisoblanadi: 15 ta kubok, jumladan:
3 ta Chempionlar ligasi,
2 ta La Liga,
2 ta Ispaniya kubogi.
Shuningdek, Anchelotti mavsum oxirida "qirollik klubi"ni tark etishi kutilmoqda. Ungacha esa madridliklar "Malorka", "Sevilya", "Real Sosedad" kabi jamoalarga qarshi kuch sinashadi.
Fikrlar